TOShKENT, 22 avg — Sputnik. Shimoliy Koreya MDH hududida o‘z missiyalarini qayta ko‘rib chiqish doirasida O‘zbekistondagi elchixonasini yopmoqda, deb xabar qilgan "Novosti Uzbekistana" nashri "Renxap" ma’lumoti asosida.
Xabarda aytilishicha, Toshkentdagi Shimoliy Koreya elchixonasini yopish qarori bir oy oldin qabul qilingan, qaror sabablari noma’lumligicha qolmoqda.
Shunday qilib, hozirda MDH davlatlari hududida Shimoliy Koreya diplomatik vakolatxonalari faqatgina Rossiya hududida faoliyat yuritmoqda.