TOShKENT, 20 avg — Sputnik. Yevropadan Xitoyga yo‘l olgan gollandiyalik talabalar 25-avgustda Toshkentga yetib keladi, deb xabar qilmoqda Nuz.uz sayti.
Gollandiyaning Endxoven Texnologiya universiteti 23 talabasi tashabbusi bilan yaratilgan elektro motosikl nomi Storm Pulse bo‘lib, uning dvigateli 95 ot kuchiga ega. Maksimal tezligi soatiga 160 km, akkumulyator zaradi 380 km masofa bosib o‘tishga yetadi.
Storm Pulse yaratuvchilari bilan Toshkentda uchrashuv rejalashtirilgan. Toshkent Politexnika muzeyi hududida 5-sentabr kuni bo‘lib o‘tadgan uchrashuvda gollandiyalik talabalar O‘zbekiston texnika OTMlari o‘qituvchi va talabalari uchun o‘z mahsulotining taqdimot marosimi o‘tkazishni rejalashtirishgan.
Gollandiyadan 14-avgust kuni yo‘lga chiqqan talabalar, Yevropa — Turkiya — Eron – Turkmaniston – O‘zbekiston – Qirg‘iziston – Qozog‘iston – Xitoy yo‘nalishi bo‘yicha sayohat rejalashtirgan. Loyihaning facebookdagi sahifasi oxirgi ma’lumotiga ko‘ra bugun ular Istanbulga yetib kelishgan.