AQSh samolyotlari Suriya qiruvchilarini El-Hasaka osmonidan quvib chiqardi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishF-22 Raptor AQSh qiruvchi samolyoti
F-22 Raptor AQSh qiruvchi samolyoti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh boshchiligidagi harbiy koalitsiya xabariga ko‘ra, ular buni hududda joylashgan o‘z maxsus kuchlarini himoya qilish maqsadida amalga oshirgan.

TOShKENT, 20 avg — Sputnik. AQSh boshchiligidagi koalitsiya ga qarashli samolyotlar El-Hasaka osmonida Suriyaga tegishli bo‘lgan ikki qiruvchi samolyotni kutib olib, ularni hududni tark etishga majbur qildi, deb xabar qilmoqda Reyter AQSh Mudofaa vazirligi xabariga asosan.  

Nashr xabariga ko‘ra, voqeada hech qaysi tomon zarar ko‘rmagan.

Eslatib o‘tamiz, Suriyaning shimoli-sharqida joylashgan El-Hasaka shahri qurd muxolifatchilari nazorati ostida bo‘lib, bu yerda AQSh harbiy instruktorlari qurd muxolifatchilarini tayorlaydigan harbiy-o‘quv lageri joylashgan. Qonuniy Suriyaga tegishli bo‘lgan ushbu hududga Suriya harbiylari oxirgi 5-yil ichida birinchi bor kirishga urinib ko‘rishdi. 

Bir necha kun oldin Suriya harbiylari ushbu hududga havodan zarba berishgan edi. O‘shanda qurd demokratik partiyasi rahbari Ibrohim Ibrohim, tinch aholi orasida qurbonlar bo‘lganini xabar qilgan edi. Suriya harbiylari esa, ushbu zarba berilishiga sabab — "Asaish" Qurdiston ishchi partiyasi tomonidan kelishuvni buzilishi bo‘ldi, deb xabar qilishgan edi.

 

Yangiliklar lentasi
0