Tojikiston o‘zining birinchi oltin medalini yutib oldi

© REUTERS / Phil NobleDilshod Nazarov, tojikistonlik yengil atletikachi
Dilshod Nazarov, tojikistonlik yengil atletikachi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rio-de-Janeyroda Dilshod Nazarov bolg‘a otish bo‘yicha Olimpiya oltin medalini yutib oldi. Bu oxirgi 20-yil ichida Tojikistonning birinchi Olimpiya oltin medali.

TOShKENT, 20 avg — Sputnik. Tojikiston terma jamoasining oxirgi umidi bo‘lgan Dilshod Nazarov Rio-de-Janeyroda bolg‘a otish bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada birnchilikni oldi deb yozadi Sputnik Tojikiston.

Dilshod Nazarov bolg‘ani 78,68 metrga uloqtirib, musobaqada eng yaxshi natija ko‘rsatdi.

Bolg‘a otish bo‘yicha kumush medal belorussiyalik Ivan Tixonga nasib bo‘ldi. Uning natijasi 77,79 metr. Polshalik   Voysexu Noviski 77,73 metr natija bilan kumush medal sohibi bo‘ldi.

Braziliyadagi Olimpiya o‘yinlari Dilshod Nazarov uchun to‘rtinchi olimpiada bo‘ldi. Bundan oldin Olimpiya o‘yinlarini olti nafar Tojikistonlik sportchilar medalsiz tark etishgani sababli, Dilshod Nazarov Tojikistonning oxirgi umidi edi.

Yangiliklar lentasi
0