Riodan tayekvondo va badiy gimnastika haqida

© rio2016.comTayekvondo, Nikita Rafalovich
Tayekvondo, Nikita Rafalovich - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rioda 19-avgust kuni bo‘lib o‘tgan musobaqalarda, O‘zbekistonlik bokschilardan tashqari bir badiiy gimnastikachi va ikki tayekvondochi sportchilar qatnashdi.

TOShKENT, 20 avg — Sputnik. Rioda o‘tgan 14 olimpiada kunida O‘zbekistonlik bir necha sportchilar saralash bahslarida ishtirok etishdi deb xabar qiladi, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

Badiiy gimnastika bo‘yicha bo‘lib o‘tgan saralash bahslarida O‘zbekistonlik sportchi Anastasiya Serdukova obruchda 17.166, to‘p mashqida 17.100, bulavada 17.316 va tasma mashqida 16.908, jami 68.490 ball jamg‘arib, 26 nafar sportchi orasida 17-o‘rinni egalladi.

© Novosti UzbekistanaBadiiy gimnastikachi Anastasiya Serdukova
Obladatelnitsa imennoy litsenzii Anastasiya Serdukova - Sputnik O‘zbekiston
Badiiy gimnastikachi Anastasiya Serdukova

Tayekvondo bo‘yicha ayollar orasida o‘tkazilgan musobaqada 67 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Nigora Tursunqulova shvetsiyalik Elin Yoxanssonni mag‘lub etdi. Afsuski, kunning ikkinchi yarmida bo‘lib o‘tgan musobaqalarda Nigora Ozarbayjonlik Azizova Faridaga imkoniyatni boy berdi. Shuni alohida aytib o‘tish kerakki, Nigora ushbu Olimpiadada eng yosh tayekvondochi, lekin shunga qaramasdan Nigora o‘zining shiddatli janglari bilan muxlislar olqishini qozondi. Nigoraning bo‘lajak sport karyerasida ulkan zafarlar tilab qolamiz.

© taekwondo.uzNigora Tursunqulova, o‘ngda
Nigora Tursunqulova, o‘ngda - Sputnik O‘zbekiston
Nigora Tursunqulova, o‘ngda

Tayekvonda bo‘yicha 80 kg vaznda, erkaklar orasida saralash musobaqalarida ishtirok etayotgan O‘zbekistonlik Nikita Rafalovich birinchi davra bahsida Tunislik sportchiga imkoniyatni boy berdi. Endigi umidimiz O‘zbekistonlik jahon chepioni Dmitriy Shokindan. Dmitriy bugun 20-avgust shanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:45 da Xitoylik Kiao Senga qarshi tatamiga chiqadi.

Shunday qilib, bugungi kun hisobida O‘zbekistonlik sportchilar 2ta oltin, 1 kumush va 5 bronza medali sohibi bo‘lishdi. Olimpiada oxiriga qadar O‘zbekiston medallar kolleksiyasya yanada boyishi muqarrar, chunki uch bokschimiz finalda Dmitriy Shokindan ham medalga umidimiz bor.

Yangiliklar lentasi
0