Onasi tashlab ketgan maymun bolasiga mushuk onalik qilmoqda

Obuna bo‘lish
Uy mushugi endigina tug‘ilgan maymun bolasga mehribonlik bilan onalik qilmoqda.

Tumen shahar hayvonot bog‘i direktori Tatyana Antropova ota-onasi tashlab ketgan mittigina maymun bolasini uyiga olib kelishga qaror qildi.

“Bu o‘zidan o‘zi sodir bo‘ldi. Men uni mushuk ustiga mindirganimda u darhol tinchlandi. U mushukni o‘z onasi deb qabul qildi. Shu damdan boshlab maymuncha mushukdan bir zumga ham ajragani yo‘q. Ular kecha-yu kunduz birga. Maymuncha mushuk ustida yuradi, ovqat yeydi va uxlaydi”, — deydi Tatyana Andropova.

Endi tug‘ilgan maymun bolasini uning ota-onasi qabul qilishmadi. Odatda bunday hayvonlarni maxsus inkubatorda boqish kerak. U yerda kerakli temperatura va namlik bo‘lishi kerak. Biz esa uni uy mushugi yordamida katta qilishga urinib ko‘rdik, — deydi hayvonot bog‘i direktori.

Yangiliklar lentasi
0