Baxt Ko‘li rahbariyati majmua yopilishi haqidagi xabarlarni inkor qildi

© Sputnik / StringerBaxt ko‘li
Baxt ko‘li - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘tgan hafta ijtimoiy tarmoqlarda “Baxt” suv-ko‘ngilochar majmuasi yopilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

 

TOShKENT, 19 avg — Sputnik. Toshkentliklar ikki haftadan beri “Baxt” ko‘li yopilgani haqidagi mish-mishlarni muhokama qilmoqda, nuz.uz xabari asosida. Xabarlarga qaraganda ko‘lda xavfli infeksiya tufayli dam oluvchilardan ba’zilari vafot egan va ko‘l suvi chiqarib yuborilgan emish.

"Novosti Uzbekistana" muxbiriga majmua rahbariyati ushbu ma’lumotlar yolg‘on ekanini va “Baxt” ko‘li odatiy tartibda ishlayotganini, ko‘l suvi ham joyida turganini xabar qilishdi.

“Majmua ochiq, bizda hech qanday infeksiya yo‘q, xavfsizlik xizmati ham a’lo darajada ishlamoqda. Bizda bir baxtsiz hodisa yuz bergan edi – iyulda bir yosh bola, ota-onasi yaxshi qaramagai tufayli, ko‘lda cho‘kib ketgan edi. “Baxt” hududida boshqa baxtsiz hodisalar ro‘y bergani yo‘q”, — dedi Baxt Ko'li direktor o‘rinbosari.

Eslatib o‘tamiz, yangi suv-ko‘ngilochar markazi sobiq “Baxt” ko‘li asosida ushbu yilning 17-iyun kuni ochilgan edi. Ushbu bog‘ning umumiy maydoni  60 gektar, undan ko‘l maydoni 27 gektarni tashkil qildi. Majmua ma’muriyati xabariga ko‘ra, bu yerda bir vaqtning o‘zida 5000 kishi dam olishi mumkin.

 

Yangiliklar lentasi
0