Braziliya yozgi olimpiada o‘yinlarida fotosuratchilar tomonidan muhrlangan kulgili lahzalarni e’tiboringizga havola qilmoqdamiz. Eslatib o‘tamiz, Rio-de-Janeyrodagi... 19.08.2016, Sputnik O‘zbekiston
Braziliya yozgi olimpiada o‘yinlarida fotosuratchilar tomonidan muhrlangan kulgili lahzalarni e’tiboringizga havola qilmoqdamiz. Eslatib o‘tamiz, Rio-de-Janeyrodagi Olimpiadaga 5-avgust kuni start berilgan bo‘lib, u 21-avgust sanasiga qadar davom etadi.
Tramplindan sinxron sakrash bo‘yicha Avstraliya terma jamoasi vakillari, erkaklar o‘rtasida o‘tkaziladigan badiiy gimnastika bo‘yicha musobaqalar qatnashgan AQSh vakili, kolumbiyalik raqibga qarshi jang qilgan qirg‘izistonlik bokschi va boshqa ko‘plab sportchilar ayrim kadrlarda juda kulgili chiqishgan. Ayol "fotomodellar" surat mualliflaridan bu kadrlarni yo‘qotishni iltimos qilgan bo‘lishardi, bu shubhasiz.
Braziliya terma jamoasi o‘yinchisi Andre Nasimento amerikalik regbichiga favqulodda yaqin keldi. "Tasodifiy bo‘sa" kartinasi. XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlari, Rio-de-Janeyro
Fransiyalik bokschi Paul Omba Biongolo o‘z raqibi, ozarbayjonlik bokschi Abdulqodir Abdullayevdan "og‘ziga siqqanicha" zarba "yedi". XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlari, Rio-de-Janeyro (91 kg gacha vazn toifasi)
Qirg‘izistonlik yagona bokschi Erkin Odilbek o‘g‘li raqibi - kolumbiyalik Xuan Karlos Karriloga 0:3 hisobda mag‘lub bo‘ldi. Berganda ol, urganda qoch maqolidan bexabar-ov Karrilo... XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlari, Rio-de-Janeyro
"Tegirmonning charxpalagi": mo‘g‘ulistonlik dzudochi Odbayar Ganbaatar saralash bosqichida Misrlik Muhammad Muxyeldinga qarshi jang qilmoqda (73 kg vazn toifasi).
Ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan 200 metrga erkin brass usulida suzish musobaqasi davomida irlandiyalik suzuvchi Fiona Doylning yelkasidan "oyoqlar" "o‘sib chiqdi".
AQShlik sportchi Kris Bruks erkaklar o‘rtasida o‘tkazilgan badiiy gimnastika bo‘yicha final musobaqalarda mashg‘ulotlarni bajarmoqda. Erkaklarga ham oson emas...
Daniya terma jamoasi o‘yinchisi Lasse Svan va argentinalik darbozabon Matias Karlos Shuls gandbol bo‘yicha o‘tkazilgan saralash bosqichi musobaqalarida. Karatechilar adashib gandbolga kelib qolgan-ov...
Angola terma jamoasi darvozaboni Tereza Almeyda Ruminiyaga qarshi o‘tkazilgan saralash bosqichi musobaqalarida. Nima ham derdik, haqiqiy "uchar" darvozabon
Stol tennisi bo‘yicha uchrashuvda yaponiyalik Ay Fukuxaraga qarshi chiqqan shimoliy koreyalik sportchi Kim Son Ayning ko‘zlari xuddi shunday ko‘rinishga keldi
Vengriyalik qilichboz Emes Sas "oltin" medalni qo‘lga kiritganiga quvonmoqda, keyingi olimpiadada balandlikka sakrash bo‘yicha ham medal olsa ne ajab?!
Rioda o‘tkazilgan yozgi olimpiya o‘yinlarida uchta oltin medalni qo‘lga kiritgan amerikalik afsonaviy suzuvchi Maykl Felps olis masofada uzoq kutgan (yo ko‘rishni xohlamagan) tanishini ko‘rib qoldi-yov?!
Kolumbiyalik Albero Oskar Figueroa Moskerani shtanga bosib qolibdi, deb o‘ylamang. Aslo bunday emas. Sportchi o‘z g‘alabasiga shunday quvondi! Nima ham derdik, har kim o‘zicha quvonadi-da...