Toshkent, 19 avg — Sputnik. Germaniya ichki ishlar vaziri Tomas de Mezyer mamlakatdagi musulmon ayollarning paranjida yurishlarini qisman taqiqlash taklifi bilan chiqdi, deb xabar beradi RIA Novosti.
"Biz bu borada yakdil fikrdamiz, jamiyatimiz hayotida muhim o‘rin tutuvchi soliq, davlat muassasalari, nikohni qayd qilish idoralari, maktab va universitetlar, davlat xizmati va sudlarda yuzimizni ko‘rsatib yurishimiz shartligini huquqiy asosga kiritish istagidamiz", — dedi Mezyer federal yerlardagi hamkasblari bilan ikki kunlik uchrashuv natijalariga bag‘ishlangan ZDF telekanalining bevosita ko‘rsatuvida.
Vazir yuzni yashirib turuvchi paranji “bizning ochiq mamlakatimizga mos kelmaydi" deb qo‘shib qo‘ydi.
Fransiyada yuzni to‘liq berkitib turadigan musulmon kiyimini kiyishni taqiqlovchi qonun 2011-yilning aprelida qabul qilingan, Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi 2014-yilning yozida ushbu qonunni huquqiy jihatdan to‘g‘ri deb topgandi.