AQSh O‘zbekiston bilan faol muloqot olib borishga intilmoqda

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Amerika bugungi kunda umumiy xavf-xatarlar hamda xavfsizlik muammolariga qarshi turish masalalarida, ishbilarmon doiralarning biznes hamkorligi, ilm-fan va texnologiyalar, shuningdek, madaniyat va ta’lim sohasida hamkorlik qilmoqda.

TOShKENT, 19 avg — Sputnik. AQSh faol va ochiq muloqot orqali O‘zbekiston bilan ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashga intilmoqda, deya bayonot qildi juma kuni AQShning O‘zbekistondagi elchisi Pamela Spratlen.

"Amerika — O‘zbekiston munosabatlari keng qamrovli masalalarni qamrab olgan, ular o‘zaro manfaatlar, mushtarak hurmat asnosidagi faol va ochiq muloqot vositasida ko‘rib chiqilmoqda", — deb ta’kidladi AQSh diplomati "Jahon" AA O‘zbekiston mustaqilligining 25-yilligi munosabati bilan bergan intervyusida.

Spratlen, shuningdek, tomonlar umumiy xavf-xatarlarga hamda xavfsizlikka tahdidlarga qarshi turish masalalarida, ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi hamkorlikni faollashtirish, AQSh sarmoyadorlarini O‘zbekistonga jalb etishni qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari bo‘yicha hamkorlik qilishayotganini ta’kidlab o‘tdi.

"AQSh ikki tomonlama munosabatlar mustahkamlanishini davom ettirishga intilmoqda va buni yuqori martabali rasmiylarning O‘zbekistonga tashriflari vositasida namoyon etmoqda — Davlat kotibi Jon Kerri Markaziy Osiyoning besh mamlakati va Amerika Qo‘shma Shtatlari tashqi siyosat mahkamalari rahbarlarining uchrashuvida (C5+1) ishtirok etish uchun Samarqandga bordi, AQSh Qurolli Kuchlari Markaziy qo‘mondonligi rahbari Jozef Votel iyun oyida Prezident Islom Karimov bilan konstruktiv muzokaralar o‘tkazdi. Yaqinda Vashingtonda bo‘lib o‘tgan C5+1 formatidagi uchrashuvda O‘zbekiston delegatsiyasining ishtirok etgani mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik eng yuqori hukumat darajasida davom etayotganidan dalolat beradi", — deya qo‘shimcha qildi diplomat.

Yangiliklar lentasi
0