Qirg‘iziston yagona Olimpiya medalidan mahrum bo‘ldi

© REUTERS / /Yves Herman Kirgizskiy shtangist Izzat Artikov na Olimpiade v Rio
Kirgizskiy shtangist Izzat Artikov na Olimpiade v Rio - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Braziliyadagi Olimpiada o‘yinlarida bronza medal olgan Qirg‘izistonlik og‘ir atletikachi Izzat Artikovning natijasi bekor qilindi, uning qon analizidan doping topilgan.

TOShKENT, 18 avg — Sputnik. Qirg‘izistonlik yagona Olimpiya medali sohibi, 69 kg vazn toifasida qatnashayotgan og‘ir atletikachi Izzat Artikov biroz oldin yutib olgan bronza medalidan mahrum qilindi, R-Sport CAS rasmiy sahifasi xabari asosida.

10 avgust kuni bo‘lib o‘tgan final musobaqalarida Artikov 339 kg og‘irlik ko‘tarib, Olimpiya o‘yinlarning bronza medali sovrindori bo‘lgan edi. Afsuski, uning doping analizidan ta’qiqlangan modda – strixnin topilgan.  

 

Eslatib o‘tamiz, ushbu medal Qirg‘iziston jamoasi tomonidan yutib olingan yagona Olimpiya medali edi. Endi ushbu kumush medal Kolumbiyalik sportchiga o‘tishi mumkin.

 

Yangiliklar lentasi
0