TOShKENT, 18 avg — Sputnik. O‘zbekistonlik yosh kartingchilar Namanganda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston kubogi finalida qatnashishdi, deb xabar qilmoqda "Novosti Uzbekistan" sahifasi.
Musobaqada poytaxtdagi “Bektemir” o‘quv sport-texnika klubi vakillari Kamoliddin Najmiddinov va Vacheslav Shipkov g‘olib chiqishdi. Poygachilar o‘z sinfida g‘olib chiqishdi.
Musobaqada Toshkent viloyati birlashgan texnik maktabi tarbiyalanuvchilari Daniil Belyakov, Gulistonlik Ivan Barishev, Namanganlik Adxam Egamberdiyev, Ibrohim To‘ychiyev va Andijonlik Islombek Ismoilovlar ham juda kuchli kurash namoyish qilishdi.
Umumiy ballar hisobi bo‘yicha g‘olib, Toshkentning “Bektemir” klubi vakillari bo‘lib chiqdi. Namanganlik sportchilar ikkinchi o‘rinni egallashdi, Toshkent viloyati birlashgan texnik maktabi jamoasi esa – uchinchi o‘rinni.
Musobaqalarda O‘zbekistonning Toshkent shahri vakillaridan tashqari Andijon, Buxoro, Jizzax, Navoiy, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Toshkent, Farg‘ona, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlari vakillari ham ishtirok etishdi.


