Xonanda Oleg Gazmanov Litvaga kiritilmadi

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Mediabankka o‘tishXonanda Oleg Gazmanov
Xonanda Oleg Gazmanov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xonanda aytishiga qaraganda, ushbu ro‘yxatda kim borligini oldindan bilishning iloji yo‘q. Shu bilan bir vaqtda xonanda aeroprt va tamojnya xodimlari unga xushmuomala bo‘lganini aytib o‘tdi.

TOShKENT, 18 avg — Sputnik. Rossiyalik xonanda Oleg Gazmanov, shengen vizasi bo‘lishiga qaramasdan, Litvaga kiritilmadi, deb xabar qildi Gazmanov o‘zining Instagram sahifasida.

Unga mamlakatga kirish ta’qiqlangani haqida Gazmanov, Vilnyusda xabar topgan. Mahalliy aeroportda unga Rossiyadan Litvaga kirishi ta’qiqlangan “maxfiy ro‘yxat” borligi haqida xabar qilingan.

Xonanda aytishiga qaraganda, ushbu ro‘yxatda kim borligini oldindan bilishning iloji yo‘q. Shu bilan bir vaqtda xonanda aeroprt va tamojnya xodimlari unga xushmuomala bo‘lganini aytib o‘tdi.

Xonandaning fikriga ko‘ra, Litva hukumati “aholini Rossiya madaniyatining zararli ta’siridan” himoya qilish shiori ostida ikki mamlakatni ajratmoqchi bo‘lmoqda.

Litva Tashqi Ishlar vaziri Linas Linkavichus keyinroq xabar qilishiga ko‘ra, Rossiyalik xonandaga qo‘shni mamlakatlarda “Rossiya agressiyasini” targ‘ib qilgani sababli mamlakatga kirish ta’qiqlangan.

Eslatib o‘tamiz, Litva parlamenti 2013-yilda Oleg Gazmanovni “Sdelan v SSSR” qo‘shig‘i uchun “Persona non-grata” deb e’lon qilmoqchi bo‘lgan edi. Bu holat Gazmanov uchun birinchi marta emas. 2014-yilda Gazmanovga Latviyaga kirish ta’qiqlangan edi, 2015-yilda esa Ukrainaga.

Yangiliklar lentasi
0