Yo‘l harakati qoidalarini buzgan piyodalarga jarima miqdori belgilanmoqda

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Mediabankka o‘tishDunyo shaharlari, Brugge
Dunyo shaharlari, Brugge - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayni damda kiritilayotgan jarimalar miqdori Oliy Majlisning qonunchilik palatasida muhokama qilinmoqda.

TOShKENT, 18 avg — Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlisining qonunchilik palatasi deputatlari Ma’muriy qonunbuzarliklar kodeksiga Yo‘l harakati qoidalariga piyodalar tomonidan amalga oshirilgan qoidabuzarliklar uchun jarimalar miqdorini belgilamoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu jarimalar piyodalar avtomobil yo‘ldan o‘tish vaqtida uyali aloqa vositalari, audio-video apparatlardan foydalangani, kitob yoki gazeta-jurnal o‘qigani uchun qo‘llanilishi mumkin.

 

Undan tashqari motosikl haydovchilari shlem yoki nur qaytaruvchi nimcha kiymasdan haydagan hollarida ham qo‘llaniladigan jarimalar miqdori belgilanmoqda.   

“O‘tkazlgan kuzatuvlar natijasida, ko‘pchilik aholi, ayniqsa yosh avlod vakillari avtomobil yo‘llaridan o‘tish vaqtida telefon, kompyuter, audio-video texnikadan foydalanish hollari odatiy hol bo‘lmoqda. Bu esa yo‘l harakati xavfsizligiga va aholi hayoti va sog‘lig‘iga jiddiy xavf solmoqda”, — deydi Xalq-demokartik partiyasi vakili Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati Aliya Yunusova.

“2014 yilda piyodalar ishtirokida sodir bo‘lgan 506 YTHda piyodalarning o‘zi aybdor deb topilgan. Buning oqibatida 100dan ortiq kishi qurbon bo‘lgan, 431 kishi jarohatlangan. Shunga o‘xshash vaziyat 2015-yilda ham takrorlangan”, — deydi deputat.

Kiritiladigan jarimalar miqdori hozircha aniq emas.

 

Yangiliklar lentasi
0