TOShKENT, 18 avg — Sputnik. Bugun Rioda Shaxram G‘iyosov kumush medal sohibi bo‘ldi.
O‘zbekistonlik 69 kg vazn toifasida qatnashayotgan bokschi hal qiluvchi final jangida Qozog‘istonlik Dniyar Yeleusinov bilan bellashdi. Jang Qozog‘istonlik raqib foydasiga 3:0 hisobda yakunlandi va Shaxram kumush medal sohibi bo‘ldi.
O‘zbekistonning yana bir bokschisi Zoirov Shaxobiddin esa Ozarbayjonlik raqibini yengib, bronza medalni naqd qilib qo‘ydi.
Shunday qilib O‘zbekiston Olimpiya jamoasi bugungi kunda kamida 7 medal sohibi bo‘ldi. Ulardan ikki oltin, bir kumush va to‘rt bronza. Undan tashqari yana bir bronza naqd qilib qo‘yilgan.