TOShKENT, 17 avg — Sputnik. Poytaxtning Mirobod tumani hokimi Sharofiddin Qodirov matbuot anjumanida huquqlari buzilayotgan akademik Galina Pugachenkovaning qarindoshlariga shaxsan e’tibor va yordam berishga va’da berdi, deb yozadi "Novosti Uzbekistana" nashri.
Eslatib o‘tamiz, poytaxtning Mirobod tumanida akadeimk Pugachenkovaning uyiga tirkalib bir necha qavatli uy qurilmoqda. Aslida, yangi uy eski uyning bir qismi bo‘lib, qo‘shniliarning roziligisiz uning ikkinchi qismini o‘zgartirish qonun tomonidan ta’qiqlangan.
Arxeolog-olimning o‘g‘li Rostislav Sosnovskiy va uning turmush o‘rtog‘i Yelena Kultiasova yangi uy qurilishiga hech qanday ruxsatnoma bermagan. Undan tashqari, ularning bir qavatli uyi, uning yonida qurilayotgan bir necha qavatli uy og‘irligidan zarar ko‘rmoqda. Uyda yashaydiganlar turli muaassasalarga murojaat qilishganiga qaramasdan, natija bo‘lmagan.
Yangi uy egasi, Hindiston fuqarosi janob Singx uchun hech qanday ruxsatnoma kerak emasga o‘xshaydi, deb yozadi nashr. U hech nimani pisand qilmasdan o‘z maqsadga harakat qilmoqda. Allaqanday yo‘llar birlan qurishga ruxsatnoma olishga ham muvaffaq bo‘lgan, deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, ushbu kichik uyda arxeolog olim G.A. Pugachenkovaning O‘zbekiston tarixiga bag‘ishlangan 300 tomlik asarlar arxivi saqlanmoqda.
Arxeolog-olim qarindoshlari, ushbu mojaroga tuman hokimi, vanihoyat, nuqta qo‘yishidan katta umid qilishmoqda.