TOShKENT, 17 avg — Sputnik. Rioda bo‘lib o‘tayotgan XXXI yozgi Olimpiada o‘yinlarining 11 kunida O‘zbekistonlik ikki nafar bokschi yarim final ga chiqdi, deb yozadi O‘zbekiston Olimpiya qo‘mitasining matbuot xizmati.
64 kg vazn toifasida Fazliddin G‘oipnazarov AQShlik Gari Rassel ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, bronza medalini naqd qilib qo‘ydi.
56 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan O‘zbekistonlik bokschi Murodjon Ahmadaliyev argentinalik Alberto Mellianani birinchi raundning 2:32 daqiqasida mag‘lub qilib yarim finalga yo‘l oldi.
91 kg dan yuqori bo‘lgan vazn toifasida chorak finalda britaniyalik Djo Djoysga qarshi ringga chiqqan Bahodir Jalolov 3:0 hisobda, yutqizdi.
Eslatib o‘tamiz, Shahobiddin Zoirov (52 kg) chorak finalga, Murodjon Ahmadaliyev, Fazliddin G‘oipnazarov va Bektemir Meliqo‘ziyev (-75 kg) yarim finalga, Shahram Giyasov (-69 kg) esa finalga yetib kelishgan.
Sportning boshqa turlariga kelsak, 1000 metr masofada kanoeda eshkak eshish musobaqalarida ishtirok etayotgan Gerasim Kochnev 7 o‘rinni egalladi. Baydarkada eshkak eshish bo‘yicha ishtirok etayotgan Aleksey Machalov bo‘lsa, umumiy hisobda 12 o‘rinni egalladi.