TOShKENT, 17 avg — Sputnik. 2014 yildan shu vaqtgacha Surxondaryo viloyati prokurori vazifasini bajaruvchi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan 41 yashar Botir Qudratxodjayev Toshkent shahri prokurori etib tayinlandi, deb xabar qilmoqda nuz.uz nashri.
"2016 yil 12-avgustdagi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori qaroriga muvofiq, Adliya katta maslahatchisi Botir Bahromovich Qudratxodjayev O‘zbekiston Respublikasining "Prokuratura to‘g‘risida"gi qonuniga hamda Konstitutsiyaga muvofiq 5-yil muddatga Toshkent shahar prokurori etib tayinlandi. Tayinlov viloyat prokuratura kollegiyasi raisi tomonidan tasdiqlangan", — deyiladi prokuratura xabarida.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Botir Qudratxodjayev 1997-yilda Toshkent Davlat yuridik institutini tamomlagan. 2015-yilning oktabridan boshlab Surxondaryo viloyati prokurori lavozimida faoliyat yuritib kelgan. Undan oldin esa O‘zbekiston respublikasi Sharqiy harbiy okrug harbiy prokurori lavozimida ishlagan.