TOShKENT, 17 avg — Sputnik. "To‘siq" operatsiyasi o‘tkazilishi munosabati bilan Moskva politsiyachilari ish tartibi 12 soatgacha uzaytirildi. Poytaxt kuch ishlatish organi xodimlari ko‘chalar, bozorlar, temir yo‘l stansiyalari va ijara xonadonlarida jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan maxsus tadbirlarni o‘tkazadilar, deb xabar qilgan seshanba kuni Moskva IIV Bosh qo‘mitasi.
"Poytaxt politsiyachilari asosiy e’tiborni… noqonuniy migratsiya holatlarini aniqlash; giyohvand moddalar oldi-sotdisi, noqonuniy qurol savdosi bilan bog‘liq jinoyatchilikni aniqlash va uning oldini olishga qaratadilar. Politsiyachilar profilaktik ishlarni asosan bozorlar, vokzallar, savdo majmualari, obshejitiyalar, ishlab-chiqarish korxonalari, avtovokzallar, mehmonxonalar hamda ijaraga beriladigan xonadonlarda o‘tkazadilar", — deyiladi xabar matnida.
Operatsiya o‘tkaziladigan vaqt mobaynida Moskva politsiya garnizoni shaxsiy tarkibi 12 soatlik ish tartibiga o‘tkaziladi, patrul marshrutlari soni ko‘paytiriladi. Operatsiya 16-avgustdan 26 agustga qadar davom etadi.