Ukraina O‘zbekistonlik yollanma jangchini hibsga olganini xabar qildi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishDXR harbiy qo‘shnlari
DXR harbiy qo‘shnlari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ukraina prezidenti rasmiy vakili xabariga ko‘ra, hibsga olingan fuqaro 2014-yilning dekabrida jang qilishni boshlagan va Gorlovka va Shirokino hududlarida bir necha bor Ukraina qo‘shnlariga qarshi janglarda qatnashgan.

TOShKENT, 16 avg — Sputnik. Ukraina Xavfsizlik xizmati ta’kidlashiga ko‘ra, ular Donbassdagi janglarda, Donesk Respublikasi tomonida qatnashgan O‘zbekiston fuqarosini qo‘lga olgan. Bu haqida ukraina prezidentining rasmiy vakili Aleksandr Motuzanik xabar qildi.

“Ukraina Xavfsizlik xizmati O‘zbekiston fuqarosini qo‘lga oldi. Yigirma yoshli yollanma jangchi Mariupolda qo‘lga olindi”, — dedi Motuzanik. Uning so‘zlariga qaraganda yollanma jangchi Donbassdagi janglarda DXR tomonida qatnashgan.

Rasmiy vakil so‘zlariga qaraganda, qo‘lga olingan shaxs 2014-yilning dekabrida jang qilshni boshlagan va “Gorlovka va Shirokino tumanlarida Ukraina Anti Terror kuchlariga qarshi bir necha bor jangga kirgan”.  

Eslatib o‘tamiz, 2014-yilning fevralida Ukrainada sodir bo‘lgan revolyutsiya va davlat to‘ntarilishidan keyin, Donesk va Lugansk hududlari o‘zlarini mustaqil davlat deb e’lon qilishgan edi. Bunga norozi bo‘lgan Ukraina hukumati ushbu hududga harbiy qo‘shnlar yordamida hujumga o‘tdi. Bo‘lib o‘tgan janglarda 9,5 mingdan ortiq kishi qurbon bo‘ldi. Mojaroni tinchlik yo‘li bilan hal qilish uchun tomonlar Minskda uchrashib uchta shartnoma imzolaganiga qaramasdan haligacha tomonlar orasida to‘qnashuvlar sodir bo‘lmoqda.

Yangiliklar lentasi
0