Bolani maktabga tayyorlashga 300 ming yetadimi

© StringerMaktab bozori
Maktab bozori - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
10 avgustdan boshlab butun O‘zbekiston bo‘yicha maktab bozorlari ishlay boshlaydi. Qator-qator maktab buyumlari taxlangan rastalar har bir do‘kon va har bir bozor oldida paydo bo‘ladi.

TOShKENT, 16 avg — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston muxbiri Toshkentning Ippodromdan Yunus-Obodgacha bo‘lgan eng yirik bozorlarida va savdo markazlarida bo‘lib bolani maktabga jo‘natish uchun kerakli buyumlarning eng kam miqdori necha pulga tushishini hisoblab chiqdi.

Ma’lumki, 10-avgustdan boshlab butun O‘zbekiston bo‘ylab maktab yarmarkalari ishga tushadi. Maktab buyumlari bilan to‘la rastalar har bir do‘kon oldida va har bir bozorda paydo bo‘ladi. Poytaxtning yirik savdo markazlari ham maktab sezoni bilan bog‘liq tadbirlarni e’lon qildi. Xaridor uchun hamma narsa muhayo, lekin hammasi cho‘ntakka bog‘liq.

© StringerMaktab bozori
Shkolniy bazar - Sputnik O‘zbekiston
Maktab bozori
“Qizim bu yil oltinchi sinfga boradi. Biz o‘tgan yillar davomida barcha kanselyariya mahsulotlarini “Solnechniy” ulgurji savdo bozorida sotib olamiz. Narxlar o‘tgan yilga nisbatan o‘sgan, albatta. Asosan albomlar, flomasterlar va bo‘yoqlar, ya’ni import qilinadigan va chiroyli narsalar narxi o‘sgan. Daftarlar bilan muammo yo‘q, mahalliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotini sotib olamiz. Oxirgi ikki-uch yil ichida ularning sifati ancha o‘sgan. Umuman ko‘pchillik Rossiyada ishlab chiqarilgan kanselyariya mahsulotlarini izlaydi”, — deydi poytaxtda yashovchi Galina Davletshina.

Oddiy daftarlar narxi solishtirilganda, masalan “Solnechniy” yoki Yunus-Obod bozorida, ularning narxi 50-100 so‘mga farq qiladi. Arxangelsk (Rossiya) zavodida ishlab chiqarilgan yupqagina daftar Yunus-Obodda 300-400 so‘m turadi, “Solnechniy”da esa – 250 so‘m. O‘zbekiston korxonalari Rossiyadan rulon qog‘oz sotib olib ulardan, daftar ishlab chiqaradi.

© StringerMaktab bozori
Shkolniy bazar - Sputnik O‘zbekiston
Maktab bozori
Narxlar ishlab chiqarilgan mamlakatiga (O‘zbekiston, Rossiya yoki Turkiya) qarab har xil bo‘lishi mumkin. 48 varaqli umumiy daftar narxi 1500 so‘mdan 4000 so‘mgacha, 96 varaqli daftar 2000 so‘mdan 9000 so‘mgacha, eng oddiy ruchkalar – 1000 so‘m.

“Akvarel bo‘yoqlari, plastilin va qalamlar, asosan Rossiyada ishlab chiqarilgani yaxshi xarid qilinadi. Xitoyda ishlab chiqarilgan rangli qalamlar, unchalik arzon bo‘lmasa-da, ranglari xira”, — deydi Qo‘yliq bozorida savdo qiluvchi Bahodir.

Kundalik daftarlar bilan ham vaziyat shunga o‘xshash. Mahalliy kundaliklarning sifati yaxshi, lekin bolalarga chiroyli rasm bilan bezatilgani kerak.

“Ayrim onalar butun kolleksiyalar to‘playdi”, — deyda Bahodir.

-         — Qanday ma’noda kolleksiyalar? Har xil xil rangli daftarlar-mi?  

“Yo‘q, ular turli madaniyat va san’at arboblari suratlari chizilgan daftarlar kolleksiyasi to‘playdi. Masalan Alisher Navoiy, Zulfiya, Amir Temur suratlari chizilgan daftarlar. Ayniqsa rus tilida gapiruvchi aholi orasida bu odat bo‘lgan”, — deb so‘zini yakunlaydi Bahodir.

© StringerMaktab bozori
Shkolniy bazar - Sputnik O‘zbekiston
Maktab bozori
Maktab anjomlarining yana bir muhim buyumi, bu – maktab sumkasi yoki rukzagi. Uning boshlang‘ich narxi – 45 ming so‘m.  Bozordagi eng yaxshi sumka narxi 400 ming so‘mlik Turkiyada ishlab chiqarilgan sumka. Arzonroq sumkalar – Xitoyda ishlab chiqarilgan.  

“Ikkita olaver, – deydi bir buvi odamlar orasidan, — baribir yirtilib ketadi. O‘tgan yili bizda shunday bo‘lgan edi”.

-        — Nimga ularning sifati shunchalik yomon-mi?, — deb so‘radim  undan.

“Bilasizmi, kimga qandayi to‘g‘ri keladi. Biz o‘tgan yili qimmatidan olgan edik, baribir yirtildi. Bu yil esa, arzonrog‘idan ikkita olishga qaror qildik”, — deydi buvi.

© StringerMaktab bozori
Shkolniy bazar - Sputnik O‘zbekiston
Maktab bozori
Bolani maktabga jamlash uchun umuma necha pul kerak, — deb yana savol berdim men.

“Biz 500 ming olib chiqqandik, hammasi ketdi. Olinmagan faqat sumka qoldi. Maktab formasiga pulning yarmi ketdi. Formani yaxshisidan olgan ma’qul”, — deydi mening qulog‘imga buvi. “Nima bo‘lgan-da ham u bolaning ustiga kiydiriladi. Turkiyada ishlab chiqarilganini oldik, 230 mingga”.   

Bugun ko‘p makatablarda o‘z formasini taklif qilishadi. Har bir tumanda, maktab o‘quvchilariga bir qolip asosida forma tikadigan tadbirkor tikuvchilar ham topilgan. Odatda buning uchun butun tikuvchilik sexlari ishlaydi va formalarni ulgurji narxda sotadi. Misol uchun, mening tanishim Bektemir tumanida birinchi sinf o‘quvchisi uchun  56 ming so‘mga forma tikdirgan. Komplektda o‘g‘il bola uchun shim, jilet kiradi. Qiz bola uchun esa yubka va jilet.

Maktab formasining unchalik qimmat bo‘lmagan to‘plamini “Bek Baraka” bozorida ham sotib olish mumkin. Bu yerda katta sinf o‘quvchilari uchun ko‘ylaklar 25-35 ming so‘m atrofida, shimlar 30-40 ming so‘m atrofida, yubkalar 25-45 ming so‘m atrofida turadi.

Savdo markazlarida narxlar, albatta, farq qiladi. Lekin bu yerda sifatli va ma’lum brendga oid mahsulotlar sotiladi. Misol uchun Centrum, Deli, Maped nomli kanstovarlar, Xitoy, Turkiya va Koreyada ishlabchiqarilgan maktab formalar. Bu yerda 500 ming so‘m, albatta hamma narsaga yetmaydi, kamida, 1 mln so‘m kerak.

© StringerMaktab bozori
Shkolniy bazar - Sputnik O‘zbekiston
Maktab bozori
Xo‘sh, 300 ming so‘m bilan bolani maktabga tayorlash mumkin-mi? Bizning javob – ha, albatta.

— 30 ta katak daftar, 30 ta chiziq daftar – 18 ming so‘m   
— kundalik daftar — 50 ming so‘m
— akvarel bo‘yoqlar, rangli qalamlar, rangli ruchkalar – 30 ming so‘m
— plastilin, rangli qog‘oz, qaychi, o‘chirg‘ich, chizg‘ich – 35 ming so‘m
— maktab formasi — 60 ming so‘m
— poyabzal, eng arzoni  — 28 ming so‘m
— jismoniy tarbiya uchun sport kiyimi — 20 ming so‘m
— rukzak yoki sumka – 45 ming so‘m
Bularning hammasi 286 ming so‘m bo‘ladi. 

Yangiliklar lentasi
0