Rossiya bombardimonchi samolyotlarini Eronda joylashtirdi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishTu-22M3 uzoq aviatsiya bombardimonchi samolyoti
Tu-22M3 uzoq aviatsiya bombardimonchi samolyoti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Eron bilan yaqinda tuzilgan shartnoma asosida, Rossiya o‘z samolyotlarini Eron hududida joylashtirdi. Bundan buyon IDga zarba berish uchun bosib o‘tiladigan masofani 60% ga qisqaradi.

TOShKENT, 16 avg — Sputnik. Suriyada o‘rnashib olgan “Islom davlati”ga zarba berish uchun Rossiya o‘zining Tu-22M3 bombardimonchi samolyotlarini Erondagi Xamadan aviabazasida joylashtirdi, deb xaba qilmoqda RIA Novosti Rossiya Mudofaa vazirligi xabariga asosan.

Ma’lumotlargan ko‘ra, Suriya hududida joylashgan Xmeymim aerodromi Tu-22M3 uzoq aviatsiya bombardimonchi samolyotlarini qabul qila olmaydi.

Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, Tu-22M3 uzoq aviatsiya bombardimonchi smaolotlari va ularni himoya qiluvchi Su-34 qiruvchilari Erondagi Xamadan aviabazasidan uchib chiqib, Suriyaning Allepo, Dayr-az-Zor va Idlib hududlarida joylashib olgan ID va “Jabhat an-Nusra” pozitsiyalariga zarba bergan.

Harbiy operatsiya natijasida qurol-yarog‘ ombori, tayorlov lageri va bir guruh jangarilar yo‘q qilindi. Rossiya mudofaa vazirligi Tu-22M3 samolyotlarining Erondagi aerodromdan birinchi parvozi suratga olingan videoni taqdim etdi.

 

Yangiliklar lentasi
0