TOShKENT, 16 avg – Sputnik. Rio-de-Janeyroda davom etayotgan XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlarining o‘ninchi kunida bir yo‘la uch nafar o‘zbek bokschilari ringga ko‘tarilishdi va ularning barchasi g‘alaba qozonib medallar uchun kurashni davom ettiradigan bo‘lishdi, deb yozadi O‘zbekiston Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.
52 kg vazn toifasida Shaxobiddin Zoirov AQShlik Antonio Vargasni 3:0 hisobda yengib chorakfinalga yo‘llanma oldi. Shaxobiddinning navbatdagi raqibi Ozarbayjonlik Elvin Mamishzoda bo‘ladi. Ushbu jang 17-avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:30da boshlanadi.
69 kg vazn toifasida Shaxram Giyasov esa final yo‘llanmasiga ega bo‘ldi va kamida kumush medalni naqd qilib qo‘ydi. Chorakfinalda Shaxram jahon chempioni Marokashlik Rabin Muxammad ustidan 3:0 hisobida g‘alabaga qozondi. Finalda Shaxram Qozog‘istonlik tajribali bokschi Doniyor Yeleussenov bo‘ladi. Ushbu jang ertaga, 17-avgust kuni Toshkent vaqti bilan tungi soat 00:30da boshlanadi.