TOShKENT, 16 avg – Sputnik. Toshkent shahar hokimiyati rasmiy sahifasida shaharda yo‘llarni kengaytirish va ta’mirlash tufayli tug‘dirilayotgan noqulayliklar uchun aholidan uzr so‘radi.
“Toshkent shahar hokimligi poytaxtimizda Nurafshon va boshqa ko‘chalarni uzaytirish, kengaytirish, Muqimiy ko‘chasida yo‘l o‘tkazgich qurilishi hisobiga bunyod etilayotgan yangi xalqa yo‘l qurilishi jarayonida ushbu ko‘chalar va ular bilan kesishgan ba’zi ko‘chalarda yo‘llarning yopib qo‘yilishi, vaqtincha harakatning cheklanishi tufayli yuzaga kelayotgan tirbandliklar, noqulayliklar uchun yo‘l harakati ishtirokchilaridan yana bir bor uzr so‘raydi”, — deyilgan hokimlik sahifasida.
Muqimiy ko‘chasidagi qurilish ishlari 22-avgust ga qadar yakunlanishi va yo‘l yana ochilishi e’lon qilingan.
Shahar hokimiyati aholiga xavfsizlik va qulaylik yaratish maqsadida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari tufayli paydo bo‘layotgan vaqtincha qiyinchiliklarni haydovchi va piyodalar to‘g‘ri tushunadilar, — deb umid qilishi ham aytib o‘tilgan.