TOShKENT, 16 avg — Sputnik. O‘zbekistonlik og‘ir atletikachi Ruslan Nurudinov, 105 kg vazn toifasida Braziliya Olimpiadasi oltin medali sohibi bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Olimpiada o‘yinlarida ushbu vazn toifasi raqobat eng kuchli bo‘lgan guruhdir. Diskvalifikatsiya qilingan Rossiyalik David Bedjanyan va Qozog‘istonlik Ilya Ilin yo‘qligi ham kurash olovini so‘ndira olmadi. Mutaxassislar musobaqa oldidan asosiy kurash Osiyo va Dunyo chempioni Nurudinov va qozog‘istonlik Zaychikov orasida bo‘lib o‘tadi, — deb hisoblashar edi.
Ikki mashq natijasiga ko‘ra Nurudinov umumiy 431 kg og‘irlik ko‘tardi. Dast ko‘tarishda – 194 kg, siltab ko‘tarishda – 237 kg. Shu bilan bir vaqtda Ruslan siltab ko‘tarish bo‘yicha yangi jahon rekordini o‘rnatdi.
Ikkinchi o‘rinni olgan Armanistonlik Simon Martirosan 417 kg vazn ko‘tarib, Ruslandan ancha orqada qoldi. Qozog‘istonlik Aleksandr Zaychenko 416 kg ko‘tarib uchinchi o‘rinni egalladi.
Ruslan O‘zbekiston Mustaqilligining hamoshidir. U 1991-yilning 24-noyabrida, Andijon viloyatining Xonobod tumanida tug‘ilgan. Xalqaro musobaqalarda o‘zining birinchi oltin medalini Ruslan 2009-yilda BAA da bo‘lib o‘tgan Osiyo yoshlar chempionatida yutib olgan.
Olimpiadaga uchib ketishdan oldin Ruslan, junalistlar oldida, uning orzusi olimpiya chempioni bo‘lish va dunyo rekordini yangilash ekanligini aytib o‘tgan edi. Ushbu maqsadga erishish uchun sportchi nafaqat raqiblarni balkim o‘zining ichki qarshiligini yengib o‘tib, bor kuchini ko‘rsatish kerakligini aytgan edi sportchi o‘shanda.
Bugungi natijalarga ko‘ra, sportchi ushbu vazifani katta muvaffaqiyat bilan uddaladi. Umid qilamizki bu uning eng oxirgi g‘alabasi bo‘lmaydi. Ruslanni yana Olimpiada va chempionatlar shohsupasining tepasida ko‘rishni umid qilib qolamiz.