TOShKENT, 15 avg – Sputnik. Ushbu yilning oxiriga qadar Chechenistonning Shali tuman markazida, «Shali-Siti» turar joy majmuasi yaqinida Ramzan Qodirov sharafiga masjild qurib bitkaziladi, deb xabar qilmoqda EADaily.com nashri.
O‘zbekistonlik me’morlar tomonidan loyhalashtirilgan masjid, har biri 63 metr bo‘lgan to‘rt minoraga va balandligi 43 metr bo‘lgan qubbaga ega bo‘ladi. Masjid qurilishi 2012-yilda boshlangan. Bugungi kunda uning asosiy karkasi qurib bitkazilgan, endi bo‘lsa ichki va tashqi pardoz ishlari boshlanmoqda.
Chiroyliligi va uslubi bo‘yicha, masjid dunyoda yagona bo‘lib, uning ichi va tashqarisi yunon oq marmari bilan bezatiladi. Yoritish tizimini yaratish italiyalik mutaxassislar zimmasiga yuklatilgan. O‘zbekistonlik me’morlar tominidan loyhalashtirilgan masjid, qadimiy Buxoro va Samarqand masjidlari uslubiga o‘xshash bo‘ladi. Bu Chechenistonning O‘zbekistonda joylashgan so‘fiylik markazlari bilan bog‘liqligining ramzi bo‘ladi.
So‘fiyli ilmining asoschisi bo‘lgan Bahovuddin Naqshbandiy, Buxoro yaqinidagi Kasri Orifon qishlog‘ida 1318−1389 yillarda yashab o‘tgan. Naqshbandiyning ustozi Said Mir Kulol va uning so‘fiylik ilmini chuqurlashtirgan va butun dunyoga keng tarqatgan o‘quvchi va izdoshlari ham Buxoroda yashab o‘tgan. Ulardan biri 1077−1166 yillarda yashab o‘tgan Muxiddina Abd ul-Qodir al-Djilani bo‘lgan. Al-Jilani so‘fiylikning “Qodiriya” tariqatini yaratgan. Ramzan Qodirovning otasi Ahmad Hoji Qodirov va uning o‘zi ham “Qodiriya” tariqati izdoshlaridir.
Masjidning qadimiy o‘zbek masjilari uslubida qurilishi Qodirovlar oilasining O‘zbekiston bilan bo‘lgan aloqasini yana bir bor urg‘ulaydi. Eslatib o‘tamiz, Ramzan Qodirovning otasi, rahmatlik, Ahmad Hoji Qodirov dastlab Buxorodagi Mir-Arab madrasasida ta’lim olgan, keyin Toshkentdagi Islom institutida o‘qigan. O‘qish davrida Ahmad Qodirovda O‘zbekiston birinchi muftiysi, musulmon olimi Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf katta taa’surot qoldirgan va keyinchalik ular oilaviy do‘stlashib ham ketgan. Shayx Muhammad Sodiqning vafotidan keyin Grozniy ko‘chalaridan biriga uning nomi qo‘yildi.
Eslatib o‘tamiz, Chechenistonda Axmad Qodirov sharafiga atab “Checheniston yuragi” nomli masjidi qurilgan. Undan tashqari Ramzan Qodirovning onasi sharafiga Argun shahrida “Ona yuragi” nomli masjid ham qurilgan. Yangi masjidni Ramzon Qodirov nomi bilan atash – bu mahalliy aholining xoxishi bo‘lgan. “Chechenistonda dinga katta e’tibor berish, namozxon erkak va ayollar uchun barcha kerakli sharoitlarni yaratish, madrasalar, hofizlar maktablari faoliyat yuritishning barchasi – bizning rahbarimiz Ramzan Qodirovning sa’y-harakatlari tufayli”, - deydi Checheniston DUM olimlar kengashi raisi Xoj-Axmed Qodirov.