TOShKENT, 15 avg — Sputnik. "Spark" rusumidagi avtomobil tramvay relslarini demontaj qilish ishlaridan keyin hosil bo‘lgan chuqur o‘raga uchib kirgan, deb xabar qilmoqda "Novosti Uzbekistana" nashri.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, yo‘lda ta’mirlash ishlari olib borilayotganini anglatuvchi belgilar mavjud bo‘lmagan.
Xabarda aytilishicha, "Spark" haydovchisi soatiga taxminan 70 km tezlikda kelayotgan bo‘lgan. Ammo avariya sodir bo‘lgan joy qorong‘u bo‘lgani bois, haydovchi chuqurlikni vaqtida ko‘rishga va tormozni bosishga ulgurmagan.
Avtohalokat guvohlarining so‘zlariga ko‘ra, "Spark" haydovchisini chuqurlikdan olib chiqishga yarim soatlarcha harakat qilishgan. Oqibatda turli darajadagi tan jarohatlarini olgan haydovchi poytaxtdagi shifoxonalardan biriga joylashtirilgan. Xabarda ma’lum qilinishicha, avtomobilni tiklash iloji yo‘q.