O‘zbekiston TIVda Qirg‘izistonning yangi tayinlangan elchisi qabul qilindi

© Press-slujba MID UzbekistanaQirg‘iziston Respublikasining Favqulodda va muxtor elchisi Daniyar Sidiqov
Qirg‘iziston Respublikasining Favqulodda va muxtor elchisi Daniyar Sidiqov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamolov Qirg‘iziston elchisidan ishonch yorliqlari nusxasini qabul qilib oldi va unga o‘z mas’uliyatli faoliyatini bajarishda muvaffaqiyatlar tiladi.

TOShKENT, 15 agv — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 15-avgust kuni Qirg‘izistonning yangi tayinlangan elchisi Daniyar Sidiqov bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot-xizmati.

"Vazir elchining ishonch yorliqlari nusxasini qabul qilib oldi va unga o‘z mas’uliyatli faoliyatini bajarishda muvaffaqiyatlar tiladi", — deyilgan xabar matnida.

Xabarda aytilishicha, suhbat davomida ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari bo‘yicha fikr almashilgan.

Eslatib o‘tamiz, Daniyar Sidiqov 22-iyun kuni Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlangan edi. U mazkur lavozimda Emilbek Uzakbayev o‘rnini egalladi.

Yangiliklar lentasi
0