Islom Karimov Toshkent viloyati hokimini ishdan oldi

© Sayt Prezidenta RFO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish

TOShKENT, 15 avg — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov farmoni bilan Toshkent viloyati hokimi Sodiq Abdullayev o‘z lavozimidan ozod qilindi, — deb xabar qildi RIA Novosti nashriga hokimlik ma’muriyatidagi manba.

"Toshkent viloyati hokimi Sodiq Abdullayev lavozimidan ozod qilinib, ayni vaqtda Yangiyo‘l tumani hokimi lavozimiga o‘tkazilgan. Prezidentning yana bir farmoni bilan shu paytgacha S. Abdullayevning o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritib kelgan Islomjon Ergashxo‘jayev viloyat hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi", — deb xabar qildi agentlikka manba.

Manbaga ko‘ra, kadrlar almashinuvi sabablari noma’lumligicha qolmoqda.

Abdullayev Toshkent viloyatiga bor-yo‘g‘i olti oy rahbarlik qilgan.

Prezident Uzbekistana Islam Karimov - Sputnik O‘zbekiston
Islom Karimov Toshkent viloyati hokimini vazifasidan bo‘shatish sababini aytdi
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 4-fevralida Toshkent viloyati hokimligida Viloyat xalq deputatlarining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan edi. Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 2013-yil aprel oyidan buyon Toshkent viloyati hokimi lavozimida ishlab kelgan Ahmadjon Usmonovni vazifasidan ozod etish to‘g‘risidagi Farmonni imzoladi. Usmonovning o‘rniga shu paytgacha Zangiota tumanida hokim sifatida ishlab kelgan Sodiq Abdullayev hokim etib tayinlangan edi.

Yangiliklar lentasi
0