Moskva shiddatli yomg‘ir natijasida suv ostida qoldi

© GU MChS po Rostovskoy oblasti / Mediabankka o‘tishShiddatli yog‘ingarchilik oqibati
Shiddatli yog‘ingarchilik oqibati - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Moskvada 14-avgust kuni boshlangan yomg‘ir deyarli bir sutka davomida tingani yo‘q. Buning natijasida yo‘llarda jiddiy muammolar paydo bo‘lib, ayrim hududlar suv ostida qolmoqda.

TOShKENT, 15 avg — Sputnik. Kuchli yomg‘ir tufayli Rossiya poytaxtidagi avtomobil yo‘llari suv ostida qoldi. Bugunga qadar 55 ta holat qayd etilgan, deb xabar qilgan "Mosoqova" davlat kompaniyasi matbuot-xizmati.

"Ertalab 8.00da suv bosganligi yuzasidan 55ta ariza kelib tushdi. Hozirgi vaqtga kelib, ularning aksariyati bartaraf etildi", — deyiladi xabar matnida.

"Mosoqova" xabariga ko‘ra, ayni damda poytaxtda suv to‘planishi xavfi mavjud bo‘lgan 228 ta manzilgoh aniqlangan, ayniqsa, jamoat transportlari harakatlanadigan yo‘llarga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bundan tashqari, kuchli yog‘ingarchilik tufayli yuzaga kelayotgan ko‘ngilsizliklar natijasida Moskva metropoliteni kuchaytirilgan tartibda ish olib borishi aytilmoqda.

© Sputnik / Ruslan Krivobok / Mediabankka o‘tishMoskvada kuchli yog‘ingarchilik ro‘y berdi
Moskvada kuchli yog‘ingarchilik ro‘y berdi - Sputnik O‘zbekiston
Moskvada kuchli yog‘ingarchilik ro‘y berdi
Yangiliklar lentasi
0