O‘zbekiston terma jamoasi hisobi yana bir medal bilan boyidi

© Jack GUEZ / AFPYunon-rum kurashchisi Elmurod Tasmuradov
Yunon-rum kurashchisi Elmurod Tasmuradov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yunon-rum kurashi bo‘yicha eng yengil vazn toifasida (59 kg) Olimpiada bahslarida ishtirok etgan Elmurod Tasmuradov bronza medalini qo‘lga kiritdi.

TOShKENT, 15 avg — Sputnik. Yunon-rum kurashchilari O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga yana bir medalni keltirdi. Eng yengil vazn toifasida (59 kg) bahslarda ishtirok etgan Elmurod Tasmuradov bronza medalini qo‘lga kiritdi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Hasanboy Do‘smatov oltin medalni qo‘lga kiritdi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Braziliyadagi olimpiadada birinchi "oltin"ni qo‘lga kiritdi
Ikki karra Osiyo chempioni, 2013-yilda Jahon chempionatining bronza medali sovrindori Elmurod Tasmuradov o‘z vazn toifasida eng kuchli sportchilardan bir hisoblanadi. O‘zbekistonlik kurashchi birinchi bahslarda Serbiya vakili Kristian Fris bilan uchrashib, uni hech bir muammosiz 3:1 (7:2) hisobda mag‘lub qilgan edi. Ikkinchi uchrashuv ham o‘zbekistonlik kurashchi uchun katta muammo bo‘lmadi. Tasmuradov Shimoliy Koreya vakili Von Chol Yunga qarshi turishi lozim edi. Sportchimiz Yunni 4:0(9:0) hisobi bilan dog‘da qoldirdi.

Yarim finalda Tasmuradov turnirdagi eng jiddiy raqiblardan biri, 2016-yil jahon chempioni kubalik Ismoil Borrero bilan uchrashdi. Ammo bu jang o‘zbekistonlik kurashchiga g‘alaba olib kelmadi. U Ismoil Borrero bilan bahslarda 1:4 hisobida mag‘lub bo‘lib, musobaqa finaliga yo‘llanma ololmadi. U uchinchi o‘rin (bronza) uchun kurashadigan bo‘ldi.

Ammo shuni aytib o‘tish joizki, Olimpiya o‘yinlarining bo‘lajak chempioniga munosib qarshilik ko‘rsata olgan, u bilan turnirda teng kurashgan sportchi — bizning Tasmuradov bo‘ldi.

Uchinchi o‘rin (bronza) uchun bellashuvda kurashchimiz qirg‘izistonlik Arsen Eraliyevga qarshi ringga chiqdi. Jang juda qiyin kechdi, ikkala sportchi ham yon berishni istamas edi. Dastlabki raundda Tasmuradov yetakchilikni egalladi: bokschimiz 5-0 hisobda oldinga chiqib oldi. Ikkinchi bo‘lim boshidagi biroz e’tiborsizlik tufayli qirg‘izistonlik sportchi oldinga chiqib old.

Shundan so‘ng Elmurod faol kurashishga harakat qilib, o‘z raqibiga gilamda "xo‘jayinlik" qilishga yo‘q qo‘ymadi. Kurash 3:1 (13:8) hisobi bilan yakunlandi.

Natijada, O‘zbekiston umumiy medallar g‘isobida 39 o‘ringa ko‘tarildi. Bugungi kun holatiga ko‘ra bizning sportchilarimiz bitta oltin va to‘rtta bronza medalni qo‘lga kiritdilar.

Yangiliklar lentasi
0