Kirish imtihonlari javobini CLICK orqali bilib olsa bo‘ladi

© Jeshu JohnIspolzovanie mobilnix prilojeniy v smartfone
Ispolzovanie mobilnix prilojeniy v smartfone - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Buyurtmalarni hozirdan qoldirsa bo‘ladi, DTM javoblarni e’lon qilganidan keyin, barcha so‘rovnomalarga javoblar avtomatik tarzda yuboriladi.

TOShKENT, 14 avg — Sputnik. CLICK kompaniyasi Davlat Test markazi bilan birgalikda (dtm.uz), ushbu yilning birinchi avgustida bo‘lib o‘tgan kirish imtihonlari javobini olish uchun, maxsus xizmat yo‘lga qo‘ydi, deb xabar qilingan kompaniya sahifasida.

Buyurtmalarni hozirdan qoldirsa bo‘ladi. DTM javoblarni e’lon qilingan vaqti — barcha so‘rovnomalarga javoblar yuboriladi.

Javoblarni *880# — USSD komandasi orqali, yoki Telegram maxsus dasturi orqali olsa bo‘ladi.

Xizmat narxi 1500 so‘mni tashkil qiladi. Bu bugungi davlat kursi bo‘yicha 0.5 $ ni tashkil qiladi. Xizmat uchun to‘lov CLICK tizimiga ulangan bank kartasi hisob raqamidan olinadi.

“Imtihon javoblarini bilish uchun telefonda *880# komandasini terib, paydo bo‘lgan bo‘limlar orasidan "DTM-2016" tanlash kerak, keyin esa tizim yo‘rig‘iga qarab harakat qilish kerak”, — deyilgan xabarda.  

Telegram mobil dasturi orqali natija olish uchun esa, DTM botlaridan birini (@DTMbot yoki @DTMrobot) kontaktlar ro‘yxatiga kiritish, keyin esa unga “/start” komandasini xabar orqali yuborish kerak. Shundan keyin bot til va kerakli ma’lumotlarni tanlash imkonini beradi.

Yangiliklar lentasi
0