TOShKENT, 13 avg — Sputnik. Qirg‘izistonning janubiy poytaxtida mamlakat ichki ishlar xodimlari uchun 12 qavatli bino qurilishi boshlandi, deb xabar qilmoqda Sputnik Qirg‘iziston.
Xabarda aytilishicha, shanba kuni Manas-Ota mikrorayonida binoning birinchi g‘ishti qo‘yilgan.
"Kvartiralar shahar va O‘sh viloyatining 10-yildan ortiq xizmat qilgan va o‘z faoliyati davomida jonbozlik ko‘rsatgan militsiya xodimlariga topshiriladi", — deb xabar qilgan O‘sh IIBB boshlig‘i Qilich Jo‘ldoshev.
Darvoqe, o‘tgan haftada OAVlarda O‘zbekistonda ham MXX chegara qo‘shinlari Samarqand viloyatidagi harbiy qismlari xizmatchilariga yangi uylar topshirilgani haqida xabar tarqalgan edi.