Asalarilar galasi beshinchi avlod qiruvchisini yerga "mixlab" qo‘ydi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishAQShning F-22 qiruvchi samolyoti
AQShning F-22 qiruvchi samolyoti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQShning Virjiniya shtatida joylashgan Lengli Yustis avia bazasida asalarilar galasi 5-avlod qiruvchi samolyoti bo‘lmish "F-22 Raptor"ni o‘ziga "uya" sifatida tanlab oldi.

TOShKENT, 13 avg — Sputnik. Virjiniya shtatida asalarilar galasi qiruvchi samolyotni yerga "mixlab" qo‘ydilar, deb xabar tarqatgan RIA Novosti axborot agentligi.

Bu hodisa iyun oyi o‘rtalarida ro‘y bergan bo‘lsa-da, ma’lumot oradan ikki oy o‘tgach ommaga oshkor qilingan.

Nashrda yozilishicha, qiruvchini parvozga tayyorlash uchun kelgan texniklar F-22 dvigatelini bir gala asalarilar egallab olganiga guvoh bo‘lishgan.

​Entomologlar bilan maslahatlashgach, harbiylar hasharotlarni yo‘q qilmaslikka qaror qiladilar va mahalliy asalarichilarning birini yordamga chaqiradilar. U esa o‘z navbatida vakuumli shlang yordamida asalarilarni samolyotdan ajratib olib, ularni o‘zi bilan olib ketadi.

Ma’lum bo‘lishicha, asalarilar galasi deyarli 4 kg og‘irlikka ega bo‘lib, undagi asalarilar soni 20 mingga yaqin bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0