TOShKENT, 12 avg — Sputnik. Ushbu yilning 11-14 avgust kunlari Buxoroda "Tabarruk zamin saxovati" nomli an’anaviy qovun va asal festivali bo‘lib o‘tadi, deb xabar qiladi "O‘zbekturizm" Milliy kompaniyasi sahifasi.
Bu yilgi festival XX bo‘lib, u shaharga chet ellik turistlar va mahalliy mehmonlarni jalb qilishga qaratilgan. O‘nlab qovun turlari va boshqa mevalar bilan bezatilgan maydon kishini hayratga solmay qo‘ymaydi.
"Men jannatda yashayman. Buxoroga marhamat!", — deb yozadi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi TROLL.UZ o‘zining facebookdagi sahifasida.