O‘zbekistonlik qiz o‘z bolasini 150 mingga sotdi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishYangi tug‘illgan chaqaloq
Yangi tug‘illgan chaqaloq - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Moskva viloyatida o‘zbekistonlik 16 yoshli qiz o‘zining endi tug‘ilgan bolasini camaralik ayolga sotish vaqti hibsga olindi.

TOShKENT, 12 avg — Sputnik. O‘zbekistonlik balog‘atga yetmagan qiz Moskva viloyatida o‘zining endigina tug‘ilgan bolasini samaralik ayolga 150 ming rublga sotish vaqti, huquqni saqlash organlari tomonidan hibsga olindi. Ikkala ayolga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi, deb xabar qilmoqda Rossiya tergov qo‘mitasining Moskva viloyati boshqarmasi.

Tergov organlari xabariga ko‘ra, 2016-yilning fevralida 16 yoshli bo‘lajak ona, o‘z bolasini tug‘ilganidan keyin boshqa oilaga sotishga qaror qiladi. Buning uchun ayol internetda e’lon joylashtiradi. Samara viloyatida yashovchi 22 yoshli ayol ushbu chaqaloqni 150 ming rublga sotib olish istagini bildiradi.

Avgust boshida ayblanuvchi ayollar oldi-sotdini amalga oshirishadi. Shundan keyin huquqni saqlash organlari ularning ikkalasini ham hibsga oladi. Chaqaloq tibbiy muassasaga joylashtirildi.  

“Rossiya Tergov qo‘mitasi Moskva viloyati Lyubersi shahri bo‘limi 16 yoshli O‘zbekiston fuqarosi va 22 yoshli Samara viloyatida yashovchi ayolga nisbatan Rossiya JKning 127.1 bandi, “b,z” bo‘limlariga asosan, bola savdosida ayblanmoqda”, — deyilgan muassasa xabarida.

Ayni damda ularga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan va ularga yashab turgan hududan chiqish ta’qiqlangan. Tergov davomida qizlar o‘z qilmishiga iqror bo‘ldilar va tavba qildilar. Tergov davom etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0