Maliy teatr sentabrda Toshkentga keladi

© maly.ru"Haqiqat - yaxshi, lekin baxt undan ham yaxshi" spektaklidan sahna
Haqiqat - yaxshi, lekin baxt undan ham yaxshi spektaklidan sahna - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu yilning 16-17 sentabrida moskvaning Maliy teatri Toshkentga o‘zining eng taniqli “Haqiqat – yaxshi, lekin baxt undan ham yaxshi” spektaklini olib keladi.

TOShKENT, 12 avg – Sputnik. Rosssiya Davlat akademik Maliy teatri ushbu yilning 16-17 sentabrida Toshkentga gastrolga keladi, deyilgan Rossiya Ilm va fan markazi xabarida.

Maliy teatr Toshkentda o‘zining eng taniqli “Haqiqat – yaxshi, lekin baxt undan ham yaxshi” spektaklini olib keladi. Maliy teatr  namoyishi Toshkentdagi Akademik Rus dramatik teatri sahnasida  bo‘lib o‘tadi.

“O‘n oltinchi va o‘n yettinchi sentabr kunlari O‘zbekiston Akademik Rus dramatik teatri sahnasida Rossiyaning Maliy teatri gastroli bo‘lib o‘tadi.<…> Maliy teatr Toshkentga o‘zining eng mashhur —  Ostrovskiy asari asosida Sergey Jenovach tomonidan qo‘yilgan “Haqiqat – yaxshi, lekin baxt undan ham yaxshi” spektaklini olib keladi”, — deyilgan Toshkentdagi Rossiya Ilm va fan markazi xabarida.  

Rossiya Ilm va fan markazi xabariga ko‘ra, ushbu gastrollar Rossiya Madaniyat vazirligi huzuridagi, Gastrollarni  qo‘llab-qo‘vvatlash federal markazi yordamida “2016 yil katta gastrollar chet el dasturi” asosida bo‘lib o‘tadi.

“Ushbu muhim madaniy tadbir O‘zbekiston Rus dramatik teatrining 82-mavsumi ochilishiga bag‘ishlangan”, — deyishdi RIFM vakili.

© maly.ru"Haqiqat - yaxshi, lekin baxt undan ham yaxshi" spektaklidan sahna
Haqiqat - yaxshi, lekin baxt undan ham yaxshi spektaklidan sahna - Sputnik O‘zbekiston
"Haqiqat - yaxshi, lekin baxt undan ham yaxshi" spektaklidan sahna

Toshkentda Rus dramatik teatri ochilishi 1934-yilning 21-oktabrida Lev Slavinning “Intervensiya” spektaklidan boshlangan edi. 1967-yilda Rus dramatik teatri, teatr san’atining rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun “Akademik” unvoniga sazovor bo‘lgan edi. Teatr kollektivi urushdan oldin va urush vaqtida Toshkentga kelgan akterlardan tuzilgan edi. Ushbu akterlarning katta qismi Toshkentga kelib u yerda bir umr qolishga qaror qilgan.

 

Yangiliklar lentasi
0