TOShKENT, 12 avg — Sputnik. Joriy yilning avgust oyidan boshlab 2017-yil martiga qadar Euronews telekanali O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati to‘g‘risida yangi reklama video roliklarini translyatsiya qiladi, deb xabar bermoqda "O‘zbekturizm" matbuot-xizmati.
Bundan tashqari, telekanal o‘zining "Postcards" va "Cult" ruknlarida Qoraqalpog‘iston, Samarqand, Buxoro, Navoiy, Xorazm, Farg‘ona vodiysi va mamlakatning boshqa regionlariga doir 18ta madaniy-tarixiy hikoyalarni namoyish etadi.
O‘zbekiston haqidagi sujetlar grafigi "O‘zbekturizm" veb-saytida e’lon qilingan.