TOShKENT, 12 avg — Sputnik. 2016 yilning 11-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Amerika Qo‘shma Shtatlari Favqulodda va Muxtor Elchisi Pamela Leora Spratlenni qabul qildi, deb xabar qilgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot-xizmati.
Bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida O‘zbekiston — AQSh munosabatlarining dolzarb masalalari, jumladan bo‘lajak ikki tomon uchrashuvlarining jadvali va mazmuni muhokama qilingan.