TOShKENT, 12 avg — Sputnik. Majit Karimov bosh vazirning o‘rinbosari, Yoshlar siyosati, ta’lim, madaniyat va sport masalalari kompleksi rahbari etib tayinlandi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti axborot agentligi mahalliy OAVlardan olingan ma’lumot asosida.
"Texnika fanlari doktori, professor Majit Karimov bunga qadar Toshkent davlat texnika universiteti rektori lavozimida faoliyat yuritgan", — deyiladi xabar matnida.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Majid Karimov Toshkent politexnika institutining "Avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari fakulteti"ni tamomlagan. Turli yillarda TDTU kompyuter texnologiyalar fakulteti dekani, oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti prorektori va rektori lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.
Kun.uz sayti xabariga ko‘ra, ayni vaqtda Toshkent davlat texnika universiteti rektori Farhod Rizayev tayinlangan. U bunga qadar Vazirlar mahkamasining yoshlar siyosati, ta’lim, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha Axborot-tahlil departamenti mudiri lavozimida faoliyat ko‘rsatgan
Eslatib o‘tamiz, may oyida bosh vazirning yoshlar siyosati, ta’lim, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Bahodir Hodiyev Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori etib tayinlangan edi.