Cho‘pon-ota postida narkotik moddalar ushlandi

Obuna bo‘lish
Samarqand viloyatida joylashgan yo‘l nazorat postida, O‘zbekiston maxsus xizmat xodimlari yirik partiya narkotik moddalar olib o‘tayotgan fuqarolarni qo‘lga oldi.

TOShKENT, 11 avg — Sputnik. O‘zbekiston maxsus xizmat xodimlari, o‘tkazilgan tadbirlar yordamida Samarqand viloyatining Cho‘pon-ota yo‘l nazorat postida yirik hajmda narkotik moddalarni qo‘lga oldi, deb xabar qiladi Sputnik muxbiri.

Huquqni saqlash organlari xabariga ko‘ra, ushbu guruh a’zolari, qo‘shni Tojikistonlik narkotik moddalar tashuvchilar bilan birgalikda, Samarqand viloyati va boshqa viloyatlarda, narkotik moddalarni tashish va sotish bilan shug‘ullangan.

“O‘tkazilgan maxsus operatsiya yordamida, Samarqanddagi “Cho‘pon-ota” yo‘l nazorat postida “Neksiya” avtomobili to‘xtatilgan. Mashinada yo‘lovchi sifatida Urgut  tumanida yashovchi B.Meliqulov va F. Amonovlar bo‘lgan. Avtomashina va yo‘lovchilar qo‘l yuki tekshiruvdan o‘tkazilganda, tezkor xodimlar 1kg va 800 gramm  ko‘knor shirasi topilgan”, — dedi xodim.

Ushbu holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zgatilgan va tergov olib borilmoqda, deydi huquqni saqlashr.

Yangiliklar lentasi
0