Rossiyadan uchib chiqqan samolyotlar IDga zarba berdi

© Sputnik / Oleg Lastochkin / Mediabankka o‘tishUzoi aviatsiya Tu-22 M3 samolyoti osmonga ko‘tarilmoqda
Uzoi aviatsiya Tu-22 M3 samolyoti osmonga ko‘tarilmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya aerodromidan uchib chiqqan uzoq aviatsiya bombardimonchi samolyotlari Suriyaning Rakka shahridagi ID pozitsiyalariga zarba berdi.

TOShKENT, 11 avg – Sputnik. Uzoq aviatsiya bombardimonchi samolyotlari Tu-22M3, Suriyaning Rakka shahrida joylashib olgan, “Islom davlati” jangarilari guruhiga zarba berdi, Rossiya Mudofaa vazirligi xabariga asosan.

“Rossiya Federatsiyasi hududidagi aerodromlardan uchib chiqqan oltita Tu-22M3 — uzoq aviatsiya bombardimonchi samolyotlari, Rakka shahridan shimoliy va shimoli-g‘arbiy hududlarda joylashgan “Islom davlati” terrorchi guruhiga fugas va sochmali bombalar yordamida zarba berdi”, — deyilgan muassasa xabarida.

Samolyotlar Rakka yaqinidagi yirik qurol-yarog‘ va yonilg‘i omborini, kimoviy qurollar ishlab chiqarish zavodini va jangarilar tayorlaydigan dala lagerini  yo‘q qilib tashladi.

Operatsiya vaqtida uzoq aviatsiya samolyotlarini, Suriyadagi Xmeymim aerodromidan uchib chiqqan, qiruvchi samolyotlar himoya qilib turgan. Vazifa bajarilganidan keyin barcha samolyotlar o‘z aerodromlariga qaytib kelgan.

Eslatib o‘tamiz, Rakka shahri 2013-yildan buyon ID jangarilari nazorati ostida bo‘lib, u ID “poytaxti” hisoblanadi. 2016-yilning may oyida, asosan Qurd o‘z-o‘zini himoya qilish kuchlaridan tashkil topgan “Suriya Demokratik kuchlari” tomonidan Rakkani ozod qilishni boshladi. Shu bilan bir vaqtda janub tomonidan jangarilarni hukumat qo‘shnlari siqib kelmoqda.

Yangiliklar lentasi
0