TOShKENT, 11 avg — Sputnik. Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Koreya Respublikasi Favqulodda va Muxtor Elchisi Kvon Yon U bilan uchrashuv bo‘lib o‘tgan. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati xabar bergan.
"Suhbat davomida bo‘lajak ikki tomonlama tadbirlar, jumladan turli darajadagi o‘zaro tashriflar hamda O‘zbekiston-Janubiy Koreya hamkorlik institutlari majlislari jadvalining amaliy jihatlari muhokama qilindi", — deyiladi xabar matnida.