Samolarda qolgan "Paxtakor"

© Commons.wikimedia / Vasyatka1Paxtakor futbol klubi xotira taxtasi
Paxtakor futbol klubi xotira taxtasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugun 11-avgust kuni Ukrainaning Dneprodzerjinsk osmonida millionlab o‘zbek futbol muxlislarining qalbidan joy olgan "Paxtakor" jamoasining fojeali halok bo‘lganiga 37-yil to‘ldi. Shu munosabat bilan "Paxtakor" futbolchilarini xotirlash uchun O‘zbekistonda bir qator tadbirlar o‘tkazilishi ma’lum qilindi.

TOShKENT, 11 avg — Sputnik. Payshanba kuni 1979-yilda fojeali tarzda halok bo‘lgan "Paxtakor" futbol jamoasi xotirasi yana bir bor yodga olinadi, deb xabar qilmoqda futbol klubi matbuot-xizmati.

1979 yil 11-avgust kuni Ukrainaning Dneprodzerjinsk osmonida ikki Tu-134A samolyotlari to‘qnashib ketdi. 178 nafar inson (165 nafar yo‘lovchi va 13 ekipaj a’zolari) halok bo‘ldilar. Shu jumladan, o‘sha vaqtda Sobiq Ittifoq Oliy Ligasi tarkibida bo‘lgan "Paxatkor" futbol jamoasining 17 nafar a’zosi ham to‘qnashuv qurboniga aylangan edi.

"Bugun ertalabdan "Paxtakor" stadionidagi yodgorlik qarshisida "Paxtakor" jamoasi o‘yinchilarining aviahalokatga uchraganiga 37-yil to‘lgani munosabati bilan fojea qurbonlarining oila a’zolari va qarindoshlari, "Paxtakor" Futbol klubi futbolchilari va rahbariyati, O‘FF va O‘zPFL rahbariyati, O‘FF Faxriylar Kengashi xodimlari to‘plandilar", — deb xabar qildi klub matbuot-xizmati.

Bundan tashqari, xohlovchilar Toshkentda joylashgan Botkin nomidagi qabristonga tashrif buyurib, "Paxtakor" jamoasi xotirlashlari mumkin.

Yangiliklar lentasi
0