Buxoroda qovun va asal sayli bo‘lib o‘tadi

© Sputnik / Stanislav Koritnikov / Mediabankka o‘tishQovunlar
Qovunlar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tadbir g‘oliblariga turli qimmatbaho sovg‘alar taqdim etiladi.

TOShKENT, 10 avg — Sputnik. Joriy yilning 11-14 avgust kunlari Buxoro shahrida 20 bor "Tabarruk zamin saxovati" nomli an’anaviy qovun va asal sayli yanada keng ko‘lamda o‘tkazish rejalashtirilgan, deb xabar qilmoqda O‘zbekturizm axborot xizmati.

Xabarda aytilishicha, ko‘xna Buxoro qadim zamonlardan o‘zining ma’rifat o‘chog‘i, qadimgi savdo chorraxasi, madaniyat o‘chog‘i sanalib kelgan. Keyingi paytlarda esa, Buxoroning noyob va go‘zal tarixiy obidalari, ziyoratgohlari bilan bir qatorda mevali bog‘lari, polizlari, mazali taomlari ya’ni mavjud gastronomik imkoniyatlari bilan ham tobora chet ellik sayyyohlar diqqatini o‘ziga tortmoqda.

"Tabarruk zamin saxovati" festivali 1996-yildan beri o‘tkazilib kelinadi. Unda "Amiri", "Barginay", "Bo‘rikalla", "Gulobi", "Ko‘kcha" "Sherozi" kabi navlar yetishtirish bo‘yicha usta dehqonlar ishtirok etadilar", — deyilgan xabarda.

Ma’lum qilinishicha, Somoniylar bog‘i hududida bo‘lib o‘tadigan tadbirda mehmonlar uchun maxsus konsert dasturlari namoyish etiladi.

Tadbir so‘nggida esa tanlov g‘oliblari aniqlanib, ularga turli qimmatbaho sovg‘alar taqdim etiladi.

Yangiliklar lentasi
0