Toshkent-O‘sh avtomobil yo‘lida yuz bergan YTH oqibatida yosh qiz halok bo‘ldi

Obuna bo‘lish
Yo‘l transport xodisasi oqibatida 1991-yilda tug‘ilgan Abdurahimova Maftunaxon hodisa joyida olamdan o‘tgan.

TOShKENT, 10 avg — Sputnik. Joriy yilning 7-avgust kuni A-373 "Toshkent-O‘sh" avtomobil yo‘lidagi "Qamchiq" dovonining "Vodiy-Toshkent" yo‘nalishida harakatlanayotgan "Spark" rusumli avtomashina haydovchisi yo‘lning bir tomonlama qatnov qismida boshqaruvni yo‘qotib, beton to‘siqqa urilgan va “Spark” avtomashinasi yo‘l chetiga – jarlikka ag‘anagan, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston FVV matbuot-xizmati.

Ma’lumotga ko‘ra, o‘sha kuni tongi soat 05:32da "Qamchiq" qidiruv-qutqaruv maxsus boshqarmasi zudlik bilan voqea sodir bo‘lgan joyga yetib borgan.

Tezkor amalga oshirilgan qutqaruv tadbirida jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan va 4 kishining hayoti saqlanib qolingan. Ammo 1991-yilda tug‘ilgan Abdurahimova Maftunaxon yo‘l transport xodisasi natijasida voqea joyida vafot etgan.

Yangiliklar lentasi
0