Xitoy dinni "xitoylashtirish"ga qaror qildi

© AP Photo / Andy WongXitoy milliy bayrog‘i
Xitoy milliy bayrog‘i - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
XXR Diniy ishlar bo‘yicha Davlat boshqarma rahbari Van Szoan "dushman xorijiy kuchlar" Xitoy mafkurasi va siyosiy tizimini o‘zgartirishga urinishni boshlamasidan turib dinni "xitoylashtirishga" da’vat qilmoqda, deb xabar qilgan Global Times nashri.

TOShKENT, 10 avg — Sputnik. "Ba’zi g‘arb davlatlari din bilan bog‘liq vaziyatni buzib ko‘rsatmoqda, xorijiy dushman kuchlar esa Xitoyga kirib olish uchun dindan foydalanmoqda", — deya bayonot qilgan Xitoy Diniy ishlar bo‘yicha Boshqarma rahbari Van Szoan, RIA Novosti xabari asosida.

"Uch yovuz kuch — terrorizm, ekstremizm va separatizm — esktremistik g‘oyalarni targ‘ib qilish orqali Xitoyda terrorchilik faoliyatini faollashtirmoqchi bo‘lyapti. Hukumat jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan — din masalasida shunchaki qo‘l qovushtirib o‘tirmasligi kerak", — degan o‘z maqolasida Van Szoan.

Van Szoan fikriga ko‘ra, dushman xorijiy kuchlarga qarshi kurashishning eng samarali usuli — bu dinni "xitoylashtirish". Siyosiy arbob o‘z maqolasi orqali mamlakatdagi diniy guruhlar va dindorlarni Kommunistik partiya va ijtimoiy tizim yetakchiligini tan olishga chaqirib, Xitoyda hukmron millat — "Xon" va milliy ozchiliklarning birligini ta’minlash va milliy manfaatlar foydasi uchun xizmat qilishga da’vat qilgan.

Xitoylik amaldorning ushbu so‘zlari "yashirin cherkovlar rahbari" Xu Shigen rahbarligi ostida Xitoyda sodir etilgan davlat hokimiyatini ag‘darishga urinishlar fonida jarang topdi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada Tanzin shahar sudi davlat hokimiyatini ag‘darishga uringanliklari uchun to‘rt nafar huquq himoyachilari va faollariga qamoq jazosi belgilagan edi.

Sud hukmi bilan Pekinda joylashgan "Fenjuy" advokatlik kontorasi rahbari, huquq faoli Chjou Shifen — 7-yilga, yana bir huquq himoyachisi Gou Xungo — shartli ravishda 3-yilga, Xu Shigen esa — 7,5 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Sinxua agentligi sud hukmi asosida tarqatgan xabarga ko‘ra, "yashirin cherkovlar rahbari" Xu Shigen 2009-yildan boshlab noqonuniy diniy tashkilotdan jinoyatchi sudyalarni jalb qilish uchun foydalanib kelgan va ular yordamida qo‘poruvchilik g‘oyalarini targ‘ib qilgan.

Bundan tashqari, deb yozadi agentlik, Gou Xungo va bu ishda ishtirok etayotgan boshqa shaxslar uchun xorij davlatlarda "anti Xitoy" tuzilmalarini tashkil qilgan. China Daily nashrida yozilishicha, Gou Xungo go‘yoki bu g‘oyalarni o‘zining yakuniy maqsadi — "rangli inqilobni" amalga oshirish uchun targ‘ib qilganni tan olgan.

Yangiliklar lentasi
0