O‘zbekistonda abituriyentlar test natijalarini SMS orqali bilishlari mumkin

© StevebidmeadSMS-xabarni o‘qiyotgan talabalar
SMS-xabarni o‘qiyotgan talabalar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kirish SMS xabar narxi 0,75 sent, chiquvchi xabar esa - bepul bo‘lishi aytilmoqda.

TOShKENT, 10 agv — Sputnik. Joriy yilning 1-avgust kuni 660 mingdan ziyod yoshlar O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarini topshirdi. Shu kunlarda barcha abituriyentlar sinov natijalarining e’lon qilinishini intizorlik bilan kutmoqda.

Davlat Test Markazi rasmiy saytida e’lon qilingan xabarga ko‘ra, abituriyentlar test natijalarini SMS orqali bilib olishlari mumkin.

Buning uchun, Ucell, UMS, Beeline va Perfectum Mobile operatorlariga ulangan abituriyentlar javob varaqalari raqamini 5100 raqamiga yuborishlari lozim. Abituriyentga to‘plangan ball miqdori haqidagi xabar, test natijalari e’lon yuboriladi.

Kirish SMS xabar narxi 0,75 sent, chiquvchi xabar esa — bepul bo‘lishi aytilmoqda.

Imtihonlar javobi qachon e’lon qilinishi saytda xabar qilinmagan.

Yangiliklar lentasi
0