AQSh osmonni plazma bilan bombardimon qilishga tayyorlanmoqda

Obuna bo‘lish
AQSh Havo kuchlari yuqori atmosfera qatlamlarida plazma bombalar portlatishni rejalashtirmoqda, deb xabar qilgan RIA Novosti.

TOShKENT, 10 avg — Sputnik. Amerika Havo kuchlarining bu hatti-harakatlari katta masofalarda radioaloqani yaxshilashga qaratilgan, deb yozgan nashr.

"Katta masofalarda radioaloqa sifatini yaxshilashga qaratilgan bu tadbirlar ultra kichik CubeSat sputniklar yordamida amalga oshiriladi. Harbiylar taxminiga ko‘ra, ushbu loyiha radiosignallar masofasini uzaytiribgina qolmay, balki quyosh shamolining GPS tizimiga zararli ta’sirini kamaytirish imkonini beradi", — deyilgan xabarda.

Nashrda ta’kidlanishicha, ushbu loyihani amalga oshirishga amerikaliklarga ikkita muammo to‘sqinlik qilmoqda: birinchidan, ular 10 sm qirralarga ega kubga sig‘ishi mumkin bo‘lgan plazma generatorini ishlab chiqishi lozim bo‘lsa, ikkinchidan ular ayni vaqtda plazmani tarqatish hisobi ustida bosh qotirishmoqda.

Yangiliklar lentasi
0