Chorvoqda mashhur "Bochka" kafesini buzib tashlashdi

© Novosti UzbekistanaChorvoqda "Bochka" kafesini buzishb tashlashdi
Chorvoqda Bochka kafesini buzishb tashlashdi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kafe boshqa joyga ko‘chiriladimi-yo‘qmi, hali noma’lum.

TAShKENT, 10 avg — Sputnik. Toshkent viloyatida yaqinda Chorvoq suv ombori yaqinida joylashgan "Bochka" kafesini buzishdi, deb xabar qilmoqda Nuz.uz.

O‘tgan asrning 90-yillarida Chirchiq darosi bo‘yida qurilgan "Bochka" kafesi joriy yilning 2-avgustida buzila boshlagan edi. 20-yil vaqt oralig‘ida bu kafe o‘zining mazali, cho‘ntakbop taomlari butun Toshkent va Toshkent viloyatiga dong taratgan edi.

© Novosti UzbekistanaChorvoqda "Bochka" kafesini buzib tashlashdi
Chorvoqda Bochka kafesini buzib tashlashdi - Sputnik O‘zbekiston
Chorvoqda "Bochka" kafesini buzib tashlashdi

Nashr muxbiri yozishiga qaraganda, "Bochka" xodimlari kafe buzilishi haqida bir oy oldin ogohlantirilgan.

"Bir oy oldin Bo‘stonliq tumani hokimiyati kafe buzilishi haqida bizni ogohlantirgandi", — deb ta’kidlashgan ular.

Iyul oyi oxirida esa sud bo‘lib unda, unda kafeni yo‘q qilish haqida buyruq chiqarilgan. Berilgan izohlarga ko‘ra, kafe suv havzasiga o‘ta yaqin joylashgan bo‘lib, bu esa o‘rnatilgan reglamentga zidligi aytilgan. Ariq, daryo yoxud kanal o‘rtasidagi masofa 70 metrdan kam bo‘lmasligi lozim.

Kafe boshqa joyga ko‘chirilish-ko‘chirilmasligi hozircha noma’lum.

Yangiliklar lentasi
0